Asosiy qonun
Inson a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish O‘RQ-768-son Qonun (11.05.2022) bilan tartibga solinadi. Qonun a’zo va to‘qimalarni sotish hamda sotib olishni, ularni O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqishni taqiqlaydi (15-modda), ayrim shaxslardan a’zo olishni cheklaydi (14-modda) va bemorning huquqlarini belgilaydi (18-modda).
Qonun qoidalari — sodda tilda →
Vakolatli muassasalar ro‘yxati
333-son qaror 3-ilovasidagi 14 band quyida qisqartirib berilgan. Muassasada amaliyotni joriy qilish uchun SSV roziligi kerak. Bu faol xizmatlar reytingi emas.
- V. Vohidov nomidagi xirurgiya markazi
- Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi markazi
- Gematologiya markazi
- Urologiya markazi
- Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi markazi
- Ko‘z mikroxirurgiyasi markazi va filiallari
- Shoshilinch tibbiy yordam markazi va hududiy filiallari
- Bolalar milliy tibbiyot markazi
- Milliy tibbiyot markazi
- U. Xalmuratov nomidagi Qoraqalpog‘iston ko‘p tarmoqli markazi
- Viloyatlar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari
- Davlat tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari
- Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi klinikasi
- Zarur salohiyatga ega tuman va shahar markaziy shifoxonalari — respublika markazlari nazoratida
Donor va bemorni tekshirish
2025-yilda ro‘yxatdan o‘tgan 3706-son nizom donor va bemorning tibbiy tekshiruvi hamda xulosa berish tartibiga bag‘ishlangan. Zarur tekshiruvni konsilium belgilaydi.